date

Luis Enrike 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi


PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike FIFA tomonidan topshiriladigan The Best mukofoti yakunlariga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ovoz berish jarayonida u “Barselona” ustozi Xansi Flik hamda “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotni ortda qoldirdi.

Enrike qo'l ostida fransuz grandi mavsumni katta yutuqlar bilan yakunladi: jamoa Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi, mamlakat Kubogi va Superkubogini yutdi, shuningdek Chempionlar ligasida zafar quchib, UEFA Superkubogi o'yinida ham g'alaba qozondi. Luis Enrike 2023 yil iyulida parijliklar boshqaruviga kelib, ikki yillik shartnoma imzolagan.

Keyinchalik u bilan tuzilgan kelishuv yana ikki mavsumga uzaytirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi