date

Britaniya bosh vaziri FIFAni JCh-2026 chiptalarini arzonlashtirishga chaqirdi


Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati o'yinlariga chipta narxlari yuzasidan fikr bildirdi. Avvalroq Yevropa futbol muxlislari assotsiatsiyasi (FSE) narxlarni haddan tashqari yuqori, deb atab, chiptalar savdosini to'xtatish va narxlash siyosatini qayta ko'rib chiqishni talab qilgan edi.

Xabarlarga ko'ra, eng arzon chiptalarning boshlang'ich narxi bir necha ming dollardan boshlangan. Shundan so'ng FIFA chiptalar qiymatini o'nlab barobarga pasaytirishga va'da bergani ma'lum bo'ldi.

Starmer ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida: "Bir vaqtlar chipta olish uchun pul yig'gan odam sifatida FIFAni chiptalarni yanada hamyonbop qilish uchun ko'proq ish qilishga chaqiraman. Jahon chempionati ushbu o'yinni alohida qiladigan haqiqiy muxlislardan uzilib qolmasligi kerak", deb yozdi.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 tarixda ilk bor bir vaqtning o'zida uch davlatda — AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Turnir ilk marta 32 emas, 48 ta terma jamoa ishtirokida o'tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Britaniya bosh vaziri FIFAni JCh-2026 chiptalarini arzonlashtirishga chaqirdi