date

Inter himoyachi de Vrey bilan muzokaralarni to'xtatdi


Milaning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Stefan de Vreyning kelajagi hanuz noaniq. Niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o'z nihoyasiga yetadi.

Mashhur insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar ijobiy yakun bermagan va hozircha muhokamalar muzlatilgan. Shu bois de Vreyning kelasi yozda jamoani tark etishi ehtimoli ancha yuqori.

Fevral oyida Stefan de Vrey 34 yoshga to'ladi. Tajribali markaziy himoyachi bu mavsum “neradzurrilar” safida 7 uchrashuvda maydonga tushdi, shundan 6 tasida Kristian Kivu uni asosiy tarkibda tushirdi.

Juma kuni “Inter” Italiya Superkubogi yarim finalida “Bolonya”ga qarshi bahs olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter himoyachi de Vrey bilan muzokaralarni to'xtatdi