
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer «Chelsi»ning sobiq egasi Roman Abramovichni Ukrainaga ajratilishi kerak bo‘lgan mablag‘ bo‘yicha ogohlantirdi. Starmerning aytishicha, Abramovich «Chelsi»ni sotish chog‘ida olgan majburiyatini bajarib, 2,5 milliard funt sterlingni Ukrainadagi gumanitar ehtiyojlar uchun yo‘naltirishi lozim.
Bosh vazir hukumat ushbu majburiyat ijrosini sud orqali ham ta’minlashga tayyor ekanini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Abramovich sanksiyalarga qaramay «Chelsi»ni sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Britaniya tomoni bitimga faqat klub savdosidan tushadigan mablag‘ Ukrainadagi mojarodan zarar ko‘rganlarga yo‘naltirilishi sharti bilan ruxsat bergan. Keyingi muzokaralar esa natija bermagan, chunki Abramovich pul faqat bir tomonga emas, balki mojarodan har ikki tomonda jabrlanganlarga berilishini talab qilgan.
Hozircha ushbu mablag‘lar muzlatilganligicha qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.