
Argentina hujumchisi Mauro Ikardi hozir Istanbulning «Galatasaroy» klubida to'p surmoqda. Insayder Oratsio Akkomandoning xabar berishicha, 32 yoshli markaziy hujumchining faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirish bo'yicha bir nechta varianti bor.
Manbaga ko'ra, Ikardiga A seriyasining uch klubi qiziqish bildirmoqda: Rimning «Roma»si, «Milan» hamda «Como». Futbolchining vakillari ushbu klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ikardining «Galatasaroy» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Uning transfer qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda hujumchi Istanbul jamoasi safida 21 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol muallifi bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.