
Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq vitse-prezidenti Yuriy Belo'us 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati final bosqichida 48 terma jamoa qatnashishi masalasiga munosabat bildirdi. U bu haqdagi fikrlarini «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.
Belo'usning ta'kidlashicha, muxlislar bu qarorni qo'llab-quvvatlaydimi yoki yo'qmi, endi buning ahamiyati yo'q, chunki qaror allaqachon qabul qilingan. «Gap shundaki, Infantino UEFA FIFAga qaraganda ko'proq daromad olayotganidan tinchimaydi.
Shu bois kengaytirish ko'proq mamlakatlarning ishtirokiga olib keladi. Yagona ijobiy tomoni — futbolning ommalashuvi.
Avvallari Jahon chempionatiga chiqishni hatto orzu ham qilmagan ko'plab davlatlar endi yo'llanma oldi», — dedi u. Shuningdek, Belo'us O'zbekiston milliy terma jamoasini tabrikladi: «Bu jamoa juda katta o'sishga erishdi.
Menimcha, ular Jahon chempionatida “yutqazish uchun kelgan jamoa” bo'lib qolmaydi», — deya qo'shimcha qildi ekspert. Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichida 48 terma jamoa ishtirok etadi.
2022 yilda Qatarda o'tgan turnirda esa guruh bosqichida 32 jamoa qatnashgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.