date

Kay Xavertsning qaytishi yanvar o'rtalarigacha kechikdi


Kay Xaverts jarohatdan tiklanish jarayonida asoratga duch keldi. Nemis hujumchi noyabr oyida maydonga qaytishga juda yaqin kelgandi, biroq jarohat qaytalandi.

Daily Mail xabariga ko'ra, endi Xaverts safga yanvar o'rtalariga yaqin qaytishi kutilmoqda. Bu holat, albatta, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Artetani xursand qilmaydi.

Xaverts uzoq vaqtdan beri jarohatlar ro'yxatida: u joriy mavsumning ilk o'yinidayoq jarohat olgan. “Arsenal” APL turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi, biroq “Manchester Siti” atigi ikki ochko ortda, “Aston Villa” esa uch ochkolik masofada.

“Arsenal” navbatdagi uchrashuvini 20 dekabr kuni safarda “Everton”ga qarshi o'tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kay Xavertsning qaytishi yanvar o'rtalarigacha kechikdi