date

Napoli Italiya Superkubogi finaliga Milan ustidan o'tib chiqdi


Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan Italiya Superkubogi yarim finalining ilk uchrashuvida Napoli va Milan to‘qnash keldi. Bahsda neapolliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa finaliga yo‘l oldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida Milan hujumda faollik ko‘rsatdi. Straxinya Pavlovich murakkab vaziyatda zarba berishga urindi, Ruben Loftus-Chik esa darvozani nishonga oldi, biroq Napoli posboni vaziyatni qutqardi.

Napoli ham javob hujumlarini uyushtirdi: Rasmus Xyoylunnning uzatmasidan so‘ng Elif Elmas bir teginishda o‘ng burchakka zarba yo‘lladi, to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. 39-daqiqada hisob ochildi.

Xyoylunn chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi, darvozabon to‘pga tegdi, ammo u Davide Neresga yetib bordi va u bir teginishda aniq zarba bilan Napoli’ni oldinga olib chiqdi — 1:0. Oradan ko‘p o‘tmay Napoli qarshi hujumda yana xavfli vaziyat yaratdi: Elmas maydon markazidan Xyoylunnni chap qanot bo‘ylab tezlikka chiqarib yubordi, Rasmus yaqin burchakka pastdan zarba berdi, biroq darvozabon to‘pni burchak zarbasiga chiqarib yubordi.

Ikkinchi bo‘limda ham Napoli ustunligini saqlab qoldi. Skott Maktominay jarima maydoni chizig‘i tomon orqaroqqa uzatdi, Amir Rrahmani bir teginishda o‘ng burchakka zarba yo‘lladi, ammo darvozabon sakrab to‘pni qaytardi.

63-daqiqada esa neapolliklar farqni oshirdi: Leonardo Spinatsola chap qanotdan to‘pni oldinga surdi va Xyoylunngа uzatma berdi. Hujumchi o‘tkir burchakdan zarba yo‘llab, to‘pni ustunga tekkizgan holda darvozaga kiritdi — 2:0.

Shu tariqa Napoli Italiya Superkubogi finaliga chiqdi. Finaldagi raqib Bologna — Inter juftligida aniqlanadi, ushbu uchrashuv juma kuni o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli Italiya Superkubogi finaliga Milan ustidan o'tib chiqdi