
Payshanba kuni Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni chempionati futbolchilari bozor qiymatini yangiladi. Yangilanish natijalariga ko'ra, hujumkor yarim himoyachi Malcomning bahosi yana tushdi: u 22 million yevrodan 20 million yevroga arzonladi.
Braziliyalik futbolchi 2023 yil yozida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan “Al-Hilol” jamoasiga o'tgandi. O'sha yil oxirida uning qiymati 30 million yevro darajasida saqlanib qolgan.
Keyin esa Transfermarkt Malcomning taxminiy bahosini to'rt marta qayta ko'rib chiqdi va har safar pasaytirdi: 28, 25, 22 va yakunda 20 million yevrogacha. Malcomning eng yuqori bozor qiymati 2018 yilda qayd etilgan bo'lib, u 45 million yevroni tashkil qilgan.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Malcom 8 o'yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.