
“Pari Sen-Jermen” o'z tarixida ilk bor Qit'alararo kubokni qo'lga kiritdi. Parij klubi finalda Braziliyaning “Flamengo” jamoasini mag'lub etdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “PSJ” 3:1 hisobida ustun keldi.
O'yinning bosh qahramoni Matvey Safonov bo'ldi: “PSJ” darvozaboni ketma-ket to'rtta penaltini qaytarib, jamoasiga g'alabani ta'minladi. Hal qiluvchi seyvdan so'ng parijlik futbolchilar rossiyalik posbon tomon yugurib borib, tarixiy yutuqni uni qo'llarida ko'tarib nishonlashdi.
Qayd etish joiz, Safonov uchun bu mavsumdagi atigi to'rtinchi o'yin bo'ldi. Ushbu uchrashuvlarda u jami uchta gol o'tkazib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.