Safonov bir yarim yilda PSJ bilan olti sovrin yutdi

Safonov bir yarim yilda PSJ bilan olti sovrin yutdi
Darvozabon Matvey Safonov Qit'alararo kubok finalida o'yindan keyingi penaltilar seriyasining bosh qahramoniga aylandi. Rossiyalik posbon to'rtta zarbani qaytardi va PSJga “Flamengo” ustidan g'alaba qozonib, sovrinni qo'lga kiritishda yordam berdi.

Shu tariqa Safonov PSJ tarkibida qo'lga kiritgan sovrinlari sonini oltitaga yetkazdi. U Fransiya chempionligi, Fransiya kubogi va Fransiya Superkubogini yutgan, shuningdek, Chempionlar ligasi hamda UEFA Superkubogi g'olibi bo'lgan.

Endi esa u Qit'alararo kubok sohibi hamdir. Ma'lumki, Matvey Safonov 2024 yil yozida “Krasnodar”dan transfer qilinib, PSJ safida to'p sura boshlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar