
Rossiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Ruslan Nigmatullin «PSJ» posboni Matvey Safonovning «Flamengo»ga qarshi o'yindagi harakatlarini yuksak baholadi. Nigmatullin bunday natijaning noyobligini ta'kidlab, shunday darajadagi uchrashuvda ketma-ket to'rtta penaltini qaytarish jahon futbolida juda kam uchraydigan hodisa ekanini aytdi.
Uning fikricha, aynan shunday o'yinlar Rossiya darvozabonlik maktabining xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. «Rossiya darvozabonlik maktabi uchun xursand bo'ldim.
Har bir darvozabon ham Safonov tushgan vaziyatga tushib, rekord o'rnatish imkoniga ega bo'lavermaydi. Matvey ruhdan tushmagani va o'z ustida ishlashda davom etgani juda yaxshi.
U «PSJ» uchun a'lo darajadagi aktivga aylandi», — deya Nigmatullinning so'zlarini keltiradi Metaratings.ru. 19-dekabr kuni Safonov jarohat sabab taxminan bir oy maydonga tusha olmasligi haqida xabar tarqaldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.