
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025 yil yakunlari bo'yicha dunyoning eng yaxshi darvozabonlari reytingini e'lon qildi. Tashkilot har yili futbolchilar faoliyatini baholab, turli nominatsiyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab boradi.
IFFHS talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi darvozaboni Jangluiji Donnarumma bo'ldi. Yozgi transfer oynasida u "PSJ"dan "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgan.
Italiyalik posbon 169 ochko jamg'ardi. Ikkinchi o'rindan "Real" darvozaboni Tibo Kurtua (65 ochko) joy oldi.
Kuchli uchlikni "Inter" vakili Yann Zommer (59 ochko) yakunladi. Keyingi o'rinlarda Manuel Noyer (50), David Rayya (40), Alisson (24), Emiliano Martines (20), Robert Sanches (15), Jordan Pikford (14) va Yassin Bunu (13) qayd etildi.
Ma'lumot uchun, IFFHS o'tgan yilda dunyoning eng yaxshi darvozaboni sifatida Emiliano Martinesni e'tirof etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.