date

Immobiledan penaltidagi gol Interga qarshi muhim bo'ldi


“Bolonya” hujumchisi Chiro Immobile Italiya Superkubogi yarim finalida “Inter”ga qarshi o'yindan keyingi penaltilar seriyasida kiritgan goli o'zi uchun alohida ahamiyatga ega ekanini aytdi. Forvard uch yarim oy davomida gol ura olmaganini va bu holat uni jiddiy tashvishga solganini tan oldi.

“Bu gol menga juda kerak edi. Uch yarim oy azob chekdim, ammo oilam yonimda bo'ldi.

Jamoa ham go'yo bugun kechqurun gol urilishini sezgandek edi”, dedi Immobile matbuot anjumanida. U, shuningdek, raqibning uch zarbasini qaytargan darvozabon Federiko Ravalya o'yinini alohida e'tirof etdi va “Bolonya” musobaqa kubogini qo'lga kiritishni maqsad qilganini ta'kidladi.

Finalda Vinchenzo Italiano jamoasi “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi. “Napoli” boshqa yarim finalda “Milan”ni mag'lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Immobiledan penaltidagi gol Interga qarshi muhim bo'ldi