
Tolyattining «Akron» klubi hujumchisi Artyom Dzyubaning manfaatlarini himoya qiluvchi vakil Leonid Goldman Aleksandr Kerjakov haqida fikr bildirdi. Dzyuba Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar maqomini yo'qotishi mumkin: bunga FIFA 2005 yilda Germaniya darvozasiga urilgan gol bo'yicha chiqarishi kutilayotgan qaror sabab bo'lmoqda.
Hozirda Dzyuba terma jamoadagi 31 ta goli bilan peshqadam. Kerjakov hisobida esa 30 ta gol bor.
Goldmanning so'zlariga ko'ra, yaqin vaqtgacha Kerjakov «Ural» bosh murabbiyligiga da'vogar bo'lgan, biroq klub boshqa nomzodni tanlagach, unda bo'sh vaqt ko'paygan va u “hayp” orttirishga kirishgan. Bu fikrlarni «Match TV» keltirdi.
Shuningdek, Goldman Dzyuba rekordlar bor-yo'qligidan qat'i nazar, har qanday holatda ham Rossiya terma jamoasi safida maydonga tushishdan xursand bo'lishini ta'kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.