date

«Fiorentina» kamchilikdan foydalanib, «Udineze»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Fiorentina» kamchilikdan foydalanib, «Udineze»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Italiya chempionatining 16-turida Florensiyaning «Fiorentina» klubi o‘z maydonida «Udineze»ni qabul qildi va uchrashuv muxlislar kutmagan darajada shiddatli hamda sergol o‘tdi.

Bahsning ilk daqiqalaridayoq o‘yin taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan holat yuz berdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar darvozaboni Okoye qoidabuzarlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shu epizoddan keyin maydondagi kuchlar nisbati tubdan o‘zgardi.

Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan «Fiorentina» o‘yinni to‘liq nazorat ostiga oldi va hujumlarda faol harakat qildi. Birinchi bo‘limdayoq Mandragora hamda Gudmundsson gollari hisobni ochdi, bo‘lim oxirida esa Ndurning aniq zarbasi jamoaga yanada ishonch bag‘ishladi.

Ikkinchi taymda ham florensiyaliklar bosimni pasaytirmadi. Ken ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoaning yirik g‘alabasini ta’minladi. «Udineze» esa faqat Sole orqali bir javob golini ura oldi, xolos.

Uchrashuv 5:1 hisobida «Fiorentina» foydasiga yakunlandi. Qizig‘i shundaki, bu g‘alaba klub uchun A Seriyaning joriy mavsumidagi ilk muvaffaqiyat bo‘ldi. Shunga qaramay, jamoa hali ham 9 ochko bilan turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida qolmoqda.

A Seriya. 16-tur

Fiorentina – Udineze 5:1

Gollar: Mandragora 21, Gudmundsson 42, Ndur, 45+5, Ken 56, 68 – Sole 66

Fioretina — De Xea, Pongrachich, Komuzzo (Viti, 82), Raniyeri, Dodo, Ndur, Fajioli, Mandragora (Fortini, 53), Parishi (Koume, 71), Gudmundsson, Ken (Pikkoli, 71)

Udineze — Okoye, Kristensen, Kabasele (Sava, 10), Sole, Zaniolo (Lovrich, 46), Petrovskiy, Karlstrom, Ekkelenkami (Guye, 66), Bertola, Zanoli (Kamara, 46), Devis.

«Udineze» esa ushbu mag‘lubiyatga qaramasdan, 21 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Florensiya klubi uchun bu natija ruhiy jihatdan juda muhim bo‘lib, jamoa navbatdagi turlarda holatni yaxshilashga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Fiorentina» kamchilikdan foydalanib, «Udineze»ni yirik hisobda mag‘lub etdi