date

Bavariya Bundesligada urib bo‘lmas rekord o‘rnatdi


«Bavariya» Germaniya Bundesligasi tarixiga kirdi. Opta xabariga ko‘ra, myunxenliklar 2025 yil davomida chempionatning 34 turining har biridan keyin turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab keldi.

Bundesliga tarixida avval biror jamoa kalendar yilidagi barcha turlardan so‘ng yetakchilik qilgan holat bo‘lmagan. «Bavariya»ning bu rekordini boshqa jamoa takrorlashi nihoyatda qiyin, umuman olganda, buning iloji bo‘lmasligi ham mumkin.

Bunday rekordni yangilash esa mutlaqo imkonsiz. 2025 yildagi so‘nggi o‘yinda «Bavariya» safarda «Haydenhaym»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etdi.

Vensan Kompani jamoasi Bundesligada peshqadam bo‘lib turibdi va ikkinchi o‘rindagi «Borussiya»dan 9 ochko oldinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Bundesligada urib bo‘lmas rekord o‘rnatdi