
“Marsel” хавбеки Darril Bakola transfer bozorida talabgir bo'lib turibdi, deb xabar bermoqda Footmercato jurnalistlari. Manbaga ko'ra, 18 yoshli fransuz yarim himoyachisiga Londonning “Arsenal”i, “Shtutgart” hamda Dortmundning “Borussiya”si qiziqish bildirmoqda.
Futbolchining provans klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda Bakola Fransiya chempionatida yetti uchrashuvda maydonga tushdi.
Shuningdek, u Chempionlar ligasining umumiy bosqichida Angliyaning “Nyukasl”iga qarshi o'yinda (2:1) ishtirok etib, golli uzatma muallifi bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.