Inter Liverpul futbolchisi Kyeza transferi ustida ishlayapti

«Liverpul» vingeri Federiko Kyezani yana Italiyaga qaytishi mumkinligi bilan bog‘lashmoqda. Italiyalikka qiziqish bildirayotgan Milan «Inter»i uni tarkibiga qo‘shib olish ustida ish boshlagan.
Inter Xtra xabariga ko‘ra, «neradzurrilar» vakillari 28 yoshli futbolchi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Transfer yanvarda amalga oshishi mumkin, biroq ijaraga olish hozircha yagona real ssenariy bo‘lib turibdi.
Manbaga ishonilsa, Federiko Kyezaning o‘zi A Seriyaga qaytishni istaydi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 12 mln yevroni tashkil etadi, «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing