«Liverpul» Karim Adeyemini transfer qilishni ko‘zlamoqchi

Dortmundning «Borussiya» klubida to‘p surayotgan qanot hujumchisi Karim Adeyemi «Liverpul»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Patrik Berger xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Qayd etilishicha, «Borussiya» Adeyemini 23 million yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Manba ta’kidlashicha, mersisaydliklar hozircha Adeyemini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmayapti. Klub, avvalo, zaxira o‘rindig‘ini kuchaytirib, hujumda turli variantlarga ega bo‘lishni istamoqda.
Joriy mavsumda Adeyemi barcha musobaqalarni hisobga olganda 22 o‘yinda maydonga tushdi, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing