Kenan Yildiz «Yuventus»dan maoshini oshirishni istaydi

Kenan Yildiz «Yuventus»dan maoshini oshirishni istaydi

Kenan Yildiz «Yuventus»dan maoshini oshirishni istaydi
Turkiyalik vinger Kenan Yildiz Turinning «Yuventus» klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Jamoa yetakchisi maoshini sezilarli oshirishni — yiliga olti million yevrogacha yetkazishni istaydi. Hozirda Kenan «keksa sinyora» safida 1,7 million yevro maosh oladi.

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsum A Seriyada 20 yoshli yarim himoyachi Turin jamoasi safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yildiz 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar