
«Zenit»ning qozog‘istonlik futbolchisi Nuraly Alip Stanislav Cherchesovning Qozog‘iston terma jamoasidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Alip Cherchesovni yaxshi darajadagi murabbiy deb hisoblashini aytdi.
Uning fikricha, rossiyalik mutaxassisga jamoani tayyorlash uchun shunchaki vaqt yetishmagan. «Ayniqsa, ko‘pchilik klubida kam o‘ynaydi va terma jamoaga o‘yin amaliyotisiz keladi, tempga chiday olmaydi.
Terma jamoalar o‘yinlari doim og‘ir kechadi», — deya Alipning so‘zlarini Metaratings keltirdi. Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasini 2024 yil iyulidan 2025 yil yanvarigacha boshqargan.
Uning qo‘l ostida jamoa o‘tkazgan olti uchrashuvda birorta ham gol ura olmagan. Sentyabrdan beri 62 yoshli Cherchesov «Ahmat»da ishlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.