date

Deyan Stankovichning o‘g‘li «Tottenhem»ga o‘tishi mumkin


«Bryugge» yarim himoyachisi Aleksandar Stankovich (sobiq «Spartak» bosh murabbiyi Deyan Stankovichning o‘g‘li) APLda faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli tayanch yarim himoyachini tarkibiga qo‘shib olishga «Tottenhem» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Stankovichning avval o‘ynagan klubi — «Inter» ham uni qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Milan klubi serbiyalik futbolchining transfer huquqlarini 23 million yevroga sotib olishni istamoqda. Aleksandar Stankovich joriy yil yozida «Inter»dan «Bryugge»ga 9,5 million yevro evaziga o‘tib, 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Bu mavsum u Belgiya klubi safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Deyan Stankovichning o‘g‘li «Tottenhem»ga o‘tishi mumkin