
Hujumchi Jakomo Raspadori yana Italiyaga qaytishi mumkin — 25 yoshli futbolchiga «Roma» qiziqish bildirmoqda. Marca nashri xabariga ko‘ra, A Seriya klubi Raspadorini ijaraga olish uchun 2 million yevro taklif qilgan va 20 million yevroga sotib olish opsiyasini ham kiritgan.
«Atletiko» bu taklifni faqat sotib olish opsiyasi majburiy bo‘lsa qabul qiladi. Madrid klubi o‘tgan yozda hujumchi uchun sarflangan 22 million yevroni qaytarib olishni istamoqda.
Jakomo Raspadori «Atletiko» safida 14 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Madridliklar La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.