Berlinning «Dinamo» sobiq futbolchisi Chernogoriyada fojiali halok bo‘ldi

Berlinning «Dinamo» sobiq futbolchisi Chernogoriyada fojiali halok bo‘ldi
Fojia 34 yoshli Sebastyan Gertnerning hayotiga zomin bo‘ldi. U avval Germaniyaning uncha nufuzli bo‘lmagan bir qator klublarida to‘p surgan, shuningdek mamlakatning o‘smirlar terma jamoasiga ham chaqirilgan.

Gertner Chernogoriyada dam olayotgan paytda noodatiy yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi: tog‘ yonbag‘rida chang‘i trassasi boshlanishiga odamlarni olib chiqayotgan ikki gondola to‘qnashib ketgan. Futbolchi kabinadan tushib ketib, 70 metr pastga qulagan.

O‘yinchining turmush o‘rtog‘i jarohat olgan bo‘lsa-da, tirik qolgan: u oyog‘i singani bilan qutulib qolgan va shifoxonaga yotqizilgan. Fojia Durmitor tog‘ tizmasida, Jablyak shaharchasi yaqinida, Savin Kuk cho‘qqisi (2313 metr) atrofida sodir bo‘lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar