
"Yuventus" markaziy himoyachisi Federiko Gatti qishki transfer oynasida "Milan"ning maqsadlaridan biri hisoblanadi. Jurnalist Daniele Longo xabar berishicha, "rossoneri" "keksa sinyora"ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara bo‘yicha kelishuv taklif qilgan, biroq turinliklar rahbariyati rad javobini bergan.
Hozircha "Yuventus" 27 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Avvalroq Federiko Gattini "Milan" himoyachisi Koni de Vinterga almashtirish ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan edi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Gattining taxminiy qiymati 20 mln yevroni tashkil etadi. Italiyalik futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.