"Real" Germaniya terma jamoasi himoyachisini asosiy maqsadlardan biri sifatida ko'rmoqda

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek Madridning "Real" jamoasiga potentsial yangi futbolchi sifatida ko'rilmoqda. 26 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" markaziy himoyani kuchaytirish uchun asosiy nomzodlar ro'yxatining yuqori qismida turibdi, deb xabar bermoqda Madrid Universal.
Germaniya terma jamoasi a'zosi bo'lgan Shlotterbekning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarida yakunlanadi, biroq u uni uzaytirishi dargumon. Shu sababli, Dortmund klubi uni allaqachon yozgi transfer oynasida sotishga majbur bo'lishi mumkin.
Niko Shlotterbekka "Bavariya", "Barselona" va boshqa yevropalik grand klublar ham qiziqish bildirgan. Transfermarkt mutaxassislari dortmundliklar himoyachisining narxini 55 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing