date

"Chelsi" ustozi Mareska Estevaoning hozirgi darajasini baholadi

"Chelsi" ustozi Mareska Estevaoning hozirgi darajasini baholadi
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska 18 yoshli Estevao Viliyan haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Braziliyadan ko‘chib kelgan yosh vinger debyut mavsumida yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda, biroq "ko‘klar"ning so‘nggi ikki uchrashuvida jarohat sabab maydonga chiqmadi.

"Estevao hozirning o‘zida dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri. Lekin u mehnat qilishda davom etishi va o‘z ustida ishlashi kerak.

Agar u o‘sishda davom etsa, shubhasiz, eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin", – deya Mareskaning so‘zlarini BBC Sport keltirdi. Shanba kuni "Chelsi" Premyer-liga doirasida o‘z maydonida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi.

Estevao jarohatini to‘liq davoladi va o‘ynashga tayyor ekanini London klubi ustozi avvalroq ma’lum qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Chelsi" ustozi Mareska Estevaoning hozirgi darajasini baholadi