date

"Manchester Yunayted" afsonasi Skoulz Jerrardni o'zidan ustun deb hisoblaydi

"Manchester Yunayted" afsonasi Skoulz Jerrardni o'zidan ustun deb hisoblaydi
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz o'zini Stiven Jerrard bilan solishtirdi. Ikkala ingliz futbolchisi ham Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi o'rta chiziq vakillari qatoriga kiradi.

Biroq, "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi afzallikni "Liverpul" afsonasiga berdi. "Men yoki Jerrard?

Albatta, Jerrard. U mendan ko'ra atletikroq va ko'proq o'yin taqdirini hal qilgan.

U o'z jamoasida hammasini o'z zimmasiga olishga majbur edi, men esa jamoaning bir qismi edim, tushunyapsizmi? Menda "Manchester Yunayted"da Jerrardning "Liverpul"dagi kabi vakolatlarga ega emas edim", – deya Skoulzning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Skoulz 2013 yilda faoliyatini yakunlagan. Stiven Jerrard 1997 yildan 2015 yilgacha "Liverpul" asosiy jamoasida o'ynagan, 2016 yilda esa futbolchilik faoliyatini tugatgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted" afsonasi Skoulz Jerrardni o'zidan ustun deb hisoblaydi