Pol Skoulz Arsenal jamoasini zerikarli deb atadi

1 daqiqa o'qish162
Pol Skoulz Arsenal jamoasini zerikarli deb atadi

Manchester Yunayted afsonasi Pol Skoulz Mikel Arteta boshqaruvidagi Arsenal jamoasini keskin tanqid ostiga oldi. U jamoaning Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashayotganiga qaramay, ularning o‘yin uslubini "zerikarli" deb baholadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Arsenal 2004-yildan buyon ilk bor chempionlikka yaqin turibdi va Chempionlar ligasi finalida PSJga qarshi maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Shunga qaramay, Skoulz bu jamoani tarixiy buyuk jamoalar qatoriga qo‘shishga shoshilmayapti. Uning fikricha, jamoa o‘yinida muxlislarni hayratga soladigan ijodkorlik yetishmaydi.

"The Overlap" podkastida so‘zga chiqqan sobiq yarim himoyachi, jamoaning himoyaga asoslangan va nazoratli o‘yin uslubi unga yoqmasligini ta’kidladi. Skoulz ayniqsa, darvozabon David Raya va markaziy himoyachilar o‘rtasidagi uzoq davom etadigan pas almashinuvlarini zerikarli deb hisoblaydi.

Shuningdek, Skoulz Arsenalning asosiy raqobatchilari — Manchester Siti va Liverpulga qarshi o‘yinlardagi natijalarini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, haqiqiy buyuk jamoa bo‘lish uchun aynan kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozonish shart, biroq Arsenal bu borada oqsayapti.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?