date

"Nyukasl" ustozi Hau uch futbolchining holati haqida gapirdi

"Nyukasl" ustozi Hau uch futbolchining holati haqida gapirdi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Hau "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jamoasidagi yo'qotishlar haqida fikr bildirdi. APLning 18-tur uchrashuvi 26 dekabr kuni soat 23:00da boshlanadi.

Tino Livramento haqida: "Bu murakkab savol. Vaziyat bo'yicha to'liq aniqlikni kutyapmiz, lekin umid qilamanki, u tez orada mashg'ulotlarga qayta oladi.

Buni tasdiqlashdan oldin, hammasi aniq ekanligiga ishonch hosil qilmoqchimiz. Hozircha bu borada aniq ma'lumot yo'q", – deya Hau so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

Sven Botman haqida: "Sven o'zini yaxshi his qilayotgan futbolchilar toifasiga kiradi. Uni tez orada safimizda ko'rishga umid qilamiz.

Qachon qaytishini aniq bilmayman. U hali jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgani yo'q, lekin qaytishga yaqin turibdi".

Nik Poupning maydonga chiqishi haqida: "Imkoniyat bor. U hali mashg'ulot o'tkazgani yo'q, lekin bugun (matbuot anjumani kuni) mashg'ulotda ishtirok etishiga umid qilamiz.

Uning ahvolini kuzatamiz". Shuningdek, "qarg'alar" safida Den Bern, Emil Kraft, Jamal Lassells, Uilyam Osula va Kiran Trippyer ham jarohat olgan.

"Nyukasl" 23 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" esa 26 ochko bilan 7-o'rinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Nyukasl" ustozi Hau uch futbolchining holati haqida gapirdi