date

Kauzio Konte qo‘l urgan hamma narsa oltinga aylanadi, dedi

Kauzio Konte qo‘l urgan hamma narsa oltinga aylanadi, dedi
Italiyalik sobiq futbolchi Franko Kauzio «Napoli» boshqaruvida ishlayotgan Antonio Kontening mehnatini yuqori baholadi. Konte klubni 2024 yil yozida qabul qilib olgan va ishining ilk mavsumidayoq jamoani chempionlik unvoniga olib kelishga ulgurdi.

«Konte qo‘l urgan hamma narsa oltinga aylanadi. U ishlagan har qanday jamoada o‘zini ko‘rsatgan», — deya Kauzioning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.

Kauzio o‘tgan asrning 70-yillarida to‘p surgan Turin «Yuventus»ining afsonasi hisoblanadi. U 1988 yilda faoliyatini yakunlagan.

Shuningdek, Franko 1982 yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kauzio Konte qo‘l urgan hamma narsa oltinga aylanadi, dedi