22:39 / 12.05.2015
4 111

Karlo Anchelotti: «Beyl agenti mashg‘ulotlar paytida biror marta ham bo‘lmagan, shuning uchun g‘ing demasa ham bo‘lardi”

Karlo Anchelotti: «Beyl agenti mashg‘ulotlar paytida biror marta ham bo‘lmagan, shuning uchun g‘ing demasa ham bo‘lardi”

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning yarimhimoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnettning aytgan gaplariga o‘zining munosabatini bildirib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.

“Bu dunyoda ko‘plab odamlar nimalardir haqida gapiradilar va vaqti bilan juda ortiqcha javrab yuboradilar. Beyl agenti garchi bizning birorta ham mashg‘ulotimizda bo‘lmagan, jamoa ichidagi muhitdan bexabar bo‘lsa ham fikr bildirishga o‘zini haqli deb bilib, chetdan turib baho bermoqda.

Garetda hech qachon sheriklari bilan muammolar bo‘lmagan. O‘z navbatida, uning sheriklarida ham Garet bilan muammolar bo‘lmagan. Shuning uchun aytilgan fikrlar ortiqchadir va Garetning agenti yaxshisi g‘ing demasa ham bo‘lardi”, deb aytdi italiyalik mutaxassis bunga javoban.

Eslatib o‘tamiz, Beylning agenti “qirollik klubi” o‘yinchilari uning mijozini maydonda qo‘llab-quvvatlamayotganlaridan shikoyat qilgan. Uning fikricha, “Real” futbolchilari Beylga ko‘proq uzatmalar bersalar, u bilan birga o‘zaro harakat qilsalar va unga yordam bersalar, u o‘zini ko‘proq ko‘rsata olgan bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti: «Beyl agenti mashg‘ulotlar paytida biror marta ham bo‘lmagan, shuning uchun g‘ing demasa ham bo‘lardi”