
Italiya A Seriyasining 17-turida «Torino» o'z uyida «Kalyari»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda hisob 28-daqiqada ochildi: yarim himoyachi Nikola Vlashich «Torino»ni oldinga olib chiqdi. CSKAning sobiq futbolchisi A Seriyasida ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol urdi.
Biroq tanaffus arafasida mehmonlar javob qaytardi — 45-daqiqada Matteo Prati hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda esa «Kalyari» g'alaba golini urdi: 66-daqiqada Semih Kilychsoy aniq zarba bilan jamoasiga uch ochko taqdim etdi.
Turdan so'ng «Torino» 20 ochko bilan A Seriya jadvalida 13-o'rinda qoldi. «Kalyari» esa 18 ochkoga yetib, 14-pog'onaga ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.