date

Chelsi sardori Jeyms Aston Villaga mag'lubiyat sababini aytdi

Chelsi sardori Jeyms Aston Villaga mag'lubiyat sababini aytdi

"Chelsi" himoyachisi va sardori Ris Jeyms APLda "Aston Villa"ga qarshi uy uchrashuvidagi 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birmingem klubi irodali tarzda g'alabani ilib ketdi: Ollli Uotkins 63 va 84-daqiqalarda aniq zarbalar bilan hisobni o'zgartirdi. "Ko'klar" safidagi yagona golni esa 37-daqiqada Joao Pedro kiritdi.

"Uyda yutqazish doim alam qiladi. Dastlabki 60–65 daqiqada biz ustun edik. Bir soat davomida 'Aston Villa'da deyarli xavfli vaziyat bo'lmadi, keyin ular tezlikni oshirdi va o'yin ham shundan keyin o'zgardi. Bir-ikki epizod butun uchrashuv yo'nalishini burib yubordi. Ehtimol, ularning zaxiradan tushgan futbolchilari ta'sir ko'rsatgandir, ammo bu yengib bo'lmas narsa emas edi. Ayb o'zimizda — xatolarimiz uchun jazolandik. Bu dunyodagi eng kuchli liga", — dedi Jeyms Sky Sports'ga.

Enso Mareska boshchiligidagi jamoa 30-dekabr kuni o'z maydonida "Bornmut"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsi sardori Jeyms Aston Villaga mag'lubiyat sababini aytdi