
Milaning «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu yarim himoyachi Davide Frattezining kelajagi borasidagi savolga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
OAVdagi ko‘plab gap-so‘zlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi yanvarda «neradzurrilar» safini tark etishni istamoqda. Bunga uning jamoada hozircha yetarli imkoniyat olmagani sabab bo‘layotgani aytiladi. Fratteziga asosiy da’vogarlar qatorida «Yuventus» ham tilga olinmoqda.
«Frattezi biz kutgandek ko‘p o‘ynamadi. Buning turli sabablari bor. Hammasini ayta olmayman — ayrim masalalar kiyinish xonasida qolishi kerak. Barcha nozik jihatlarni ochiqlashga haqqim yo‘q», — dedi Kivu «Atalanta»ga qarshi yakshanba kungi A seriya o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, so‘nggi paytlarda Frattezining Turkiyaning «Fenerbahche» klubiga ehtimoliy transferi haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.