date

Joau Kanselu qishda Al-Hilolni tark etishi mumkin

Joau Kanselu qishda Al-Hilolni tark etishi mumkin

«Al-Hilol»ning qanot himoyachisi Joau Kanseluning kelajagi Saudiya klubida mavhumligicha qolmoqda. Qishki transfer oynasida portugaliyalik futbolchi jamoani tark etishi ehtimoli kuchli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mavsum boshida Kanselu jarohat olib, Saudiya Arabistoni chempionati o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmagandi. 31 yoshli himoyachi hozir sog‘lom bo‘lsa-da, bosh murabbiy Simone Indzagi uni mavsumning ikkinchi qismi uchun qayd etishga qarshi ekani aytilmoqda. Transfer News Live saudiyalik manbalarga tayanib xabar berishicha, yanvar oyidayoq futbolchi klub bilan xayrlashishi mumkin.

Kanseluning «Al-Hilol» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, uning transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joau Kanselu qishda Al-Hilolni tark etishi mumkin