
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello nemis hujumchisi Niklas Fyu'llkruqning jamoaga qo'shilishi haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning aytishicha, mavsumning ikkinchi qismida "rossonerilar" safida o'ynashi kutilayotgan futbolchiga "San-Siro"da moslashish oson kechmasligi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapelloning ta'kidlashicha, Fyu'llkruq tajribali bo'lsa-da, bu stadionda hatto ko'plab gol urgan hujumchilar ham muammoga duch kelgan. Shu bilan birga, u "Milan"ning hozirgi o'yin tempi avvalgidan biroz pasaygani hujumchi uchun ma'lum ma'noda qulaylik yaratishi mumkinligini ham qo'shib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, "Milan" Italiya chempionatining 17-turida "Verona"ni 3:0 hisobida yirik tarzda mag'lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.