
«Al-Hilol»ning tayanch yarim himoyachisi Ruben Nevesh hanuz klub bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q. Avvalroq OAV tomonlar kelishuvga yaqinlashgani haqida xabar bergandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
28 yoshli portugaliyalik futbolchining «Al-Hilol» bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyunda yakuniga yetadi.
Fabrizio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Yevropaning ayrim klublari futbolchini qishki transfer oynasidayoq sotib olish ehtimoli bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Avvalroq da’vogarlar orasida Madridning «Real» klubi ham tilga olingan. Neveshning bozor bahosi 25 million yevroga teng.
2025/2026 yilgi mavsumda Nevesh barcha klub turnirlarida 22 o‘yin o‘tkazib, 6 gol urdi va 3 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.