Kapello Rabiosiz Milan darhol muammoga duch keldi

Kapello Rabiosiz Milan darhol muammoga duch keldi

Milan”ning sobiq bosh murabbiyi va Rossiya terma jamoasini ham boshqargan Fabio Kapello dekabr oyida jamoa natijalari pasayib ketganiga izoh berdi. Mutaxassis bunga yarim himoyachi Adrien Rabio jarohati sabab maydonga tusha olmagani asosiy omil bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kapelloning fikricha, o‘sha davrda markaziy hujumchi yetishmasligi sabab hujumlar tez-tez o‘tkirlikdan yiroq bo‘lib qolgan. Shuningdek, Modrichning o‘yini biroz susaygan, Rabioning yo‘qligi esa markazda muhim “filtr”ni olib tashlagan — natijada himoyachilar ham ko‘proq adashishni boshlagan.

“Milan” navbatdagi uchrashuvini 2-yanvar kuni “Kalyari”ga qarshi o‘tkazadi. Turnir jadvalida milanliklar hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar