
Rossiya terma jamoasi murabbiyi Nikolay Pisarov CSKA atrofida tarqalgan “fitna” haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu gap-soʻzlar terma jamoaning soʻnggi yigʻinidan keyin kuchaydi: Valeriy Karpin ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida CSKA futbolchilariga ko‘proq imkon bergani ayrimlar tomonidan shubha bilan qabul qilindi. Odatda bunday o‘yinlar chempionat qayta boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda o‘tkaziladi.
“Kulib yubordim. Masala shundaki, futbolchilar oxirgi marta klubida qachon o‘ynagan. Birinchi o‘yinda shanba kuni maydonga tushganlarni ko‘proq ishlatish mantiqiy, yakshanba kuni o‘ynaganlarni emas”, — dedi Pisarov “Chempionat” nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi noyabrdagi o‘rtoqlik bahslarida Peru bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan, Chilidan esa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.