date

Arshavin Rossiya tez orada Yevro yoki Jahon chempionatiga qaytadi

Arshavin Rossiya tez orada Yevro yoki Jahon chempionatiga qaytadi

Sankt-Peterburgning “Zenit”i va Londonning “Arsenal”ida o‘ynagan sobiq hujumchi Andrey Arshavin 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, hozirgi formatda mundial yo‘llanmalari ko‘paygani uchun Rossiya terma jamoasi xalqaro maydonga qaytishi bilan yirik turnirlarga tezda chiqib ketishi mumkin. Arshavin “Zenit”ning YouTube kanalida: “JCh–2026ga ulgurmaydi, ammo Yevro–2028 bo‘lishi mumkin”, dedi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UEFA qarori bilan 2022 yil fevralidan beri xalqaro musobaqalardan chetlatilgan, ushbu taqiq hanuz amalda.

Navbatdagi Jahon chempionati 2026 yil yozida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Turnirni AQSH, Meksika va Kanada birgalikda qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arshavin Rossiya tez orada Yevro yoki Jahon chempionatiga qaytadi