
Peterburgning «Zenit» klubida o‘ynagan, hozir esa ekspert sifatida ishlayotgan Aleksey Gasilín Rossiya terma jamoasining 2025 yildagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Oxiri yodda qoladi. Peru va Chili bilan so‘nggi uchrashuvlar meni ko‘nglimni qoldirdi. Biroq yaxshi o‘yinlar ham bo‘ldi: masalan, Qatar, Eron va Boliviyaga qarshi bahslarda yomon ko‘rinmadik», — dedi u «Match TV» efirida.
2025 yilda Rossiya terma jamoasi jami 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 marta g‘alaba qozondi, 3 bor durang o‘ynadi va 1 uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA va UEFA qarori bilan Rossiya terma jamoalari hamda klublari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.