
Londonning “Arsenal” klubi sobiq yarim himoyachisi Jermeyn Pennant hujumchi Viktor Dyo'kereshning o'yinlari haqida fikr bildirdi. Shvetsiyalik futbolchi 2025 yilda “kanonirlar” safiga kelib qo'shildi va Lissabondagi “Sporting”dan 65,8 million yevroga transfer qilingandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pennantga ko'ra, Dyo'kereshdan Portugaliyadagi kabi yuqori gol seriyasini kutish to'g'ri emas. “Bu APL, Portugaliya chempionati emas. Darvin Nunes “Benfika”da 30 tadan ortiq gol urib, “Liverpul”ga o'tgach, bunday ko'rsatkichlarni takrorlay olmadi. Shunga qaramay, men uning “Liverpul”dagi o'yinini yaxshi deb baholayman”, — deya Pennantning so'zlarini keltiradi The Mirror.
Ma'lumot uchun, Nunes “Liverpul” safida 126 uchrashuvda 40 gol urgan. Dyo'keresh esa “Arsenal”dagi 20 o'yinda 7 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.