Safonov yangi yil arafasida vatandoshlariga uch tilak bildirdi

Safonov yangi yil arafasida vatandoshlariga uch tilak bildirdi

“PSJ” darvozaboni Matvey Safonov Yangi yil munosabati bilan rossiyalik muxlislarga tabrik yo‘lladi. U murojaatini o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Safonov 2026 yil uchun uchta asosiy tilagini ham sanab o‘tdi: yangi yilda maqsadlarga erishish, o‘ziga ishonchni yo‘qotmaslik va hech narsadan shubhalanmaslik.

Darvozabon muxlislarga doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytdi. Hozirda u qo‘li singani sabab tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

Safonov dekabr oyida parijliklar safida ketma-ket to‘rt uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishga ulgurdi. Bu oraliqda u uchta gol o‘tkazib yubordi, shuningdek FIFA Qit’alararo kubogi finalida “Flamenko”ga qarshi penaltilar seriyasida ketma-ket to‘rtta zarbani qaytardi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar