Atletiko sobiq Arsenal futbolchisi Tavareshga ko'z tikdi

"Latsio"ning chap qanot himoyachisi Nunu Tavaresh faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "matraschilar" vakillari ehtimoliy transfer shartlari bo'yicha ma'lumot so'ragan. Hozircha gap faqat qiziqish haqida ketmoqda, aniq muzokaralar boshlangani yo'q.
2025 yil yozida "Latsio" Tavareshni Londonning "Arsenal"idan 5 million yevroga to'liq sotib olgandi. Bungacha portugaliyalik futbolchi rimliklar safida ijara asosida o'ynagan. Transfermarkt bahosiga ko'ra, 25 yoshli futbolchining qiymati 15 million yevroni tashkil etadi, uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing