
"Al-Hilol"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini Milan "Inter"ida davom ettirish arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klublar ijaraga berish shartlarini kelishib oldi: mavsum oxirigacha portugaliyalik futbolchining maoshining asosiy qismini "Al-Hilol" to'lab beradi — 4,5 mln yevro. "Neradzurrilar" esa yarim yil uchun 3 mln yevro to'laydi. Shu tariqa italiyalik grand 31 yoshli himoyachi bo'yicha "Barselona"ni ortda qoldirdi.
Endi bitimning yakunlanishi Kanseluning o'z qaroriga bog'liq — u Italiyaga qaytishga rozilik berishi kerak. Eslatib o'tamiz, Joau avval ham "Inter" safida o'ynagan, shuningdek A Seriyadagi yana bir klub — "Yuventus"da ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.