
«Napoli» prezidenti Aurelio de Laurentiis klubning 2025 yildagi sermahsul natijalarini alohida qayd etdi. O‘sha yil neapolliklar A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritib, Italiya Superkubogini ham yutgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbari yangi boshlangan yil yanada muvaffaqiyatli kechishiga ishonmoqda. «2025 yil biz uchun juda yaxshi va ruhlantiruvchi bo‘ldi. Endi boshlanib ketgan yilni bundan ham samarali yakunlash uchun barcha kuchimizni beramiz, garchi bu oson bo‘lmasa ham», — deya uning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.
Ayni paytda «Napoli» Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni jamoa A Seriyaning 18-turida «Latsio»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.