
Yangi yilning ilk kuni Shveysariyaning Kran-Montana tog' chang'i kurortida yuz bergan portlash va undan keyingi yong'in fojia bilan yakunlandi. Hodisa oqibatida o'nlab odamlar halok bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jarohatlanganlar orasida «Mets» klubi futbolchisi Tahiris do Santos ham bor. U jamoaning ikkinchi tarkibida to'p suradi va kurortga do'stlari bilan dam olish uchun kelgandi, biroq bayram sayohati kutilmaganda fojia tus oldi.
Klub matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, do Santos hozir Germaniyada bo'lib, kuyish jarohatlari yuzasidan davolanmoqda. Umumiy hisobda 150 dan ortiq kishi jabrlangan, 40 dan ziyodi vafot etgan, qolganlar turli darajadagi jarohatlar olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.