Fenerbahche Lukman transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

“Atalanta” hujumchisi Ademola Lukman Turkiyaning “Fenerbahche” klubi diqqat markaziga tushdi. Istanbul jamoasi qishki transfer oynasida 28 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Pedru Almeýda xabariga ko‘ra, “Fenerbahche” allaqachon “Atalanta” vakillari bilan aloqa o‘rnatib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda.
Lukman joriy mavsum A Seriyada 11 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi. U 2022 yil yozidan beri “Atalanta” sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing